Yosh olimlar 3-jild 2-son (2025) · 111–113-betlar
OZARBAYJON XALQI MILLIY MADANIYATIDA NIKOH MAROSIMI: TARIXIY ETNOGRAFIK TAHLIL
Ibragimova, Maftuna
DOI: 10.5281/zenodo.14724780 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ozarbayjon nikoh marosimlari asrlar davomida o'ziga xos an'ana va qadriyatlarni saqlab kelgan va bu marosimlar xalqning madaniy hayotining ajralmas qismiga aylangan. Ozarbayjonning nikoh marosimi tarixan ko‘plab ijtimoiy, diniy va etnik ta’sirlar bilan shakllangan. Aksariyat an'analarda musulmonlik, xususan, islom dinining ta’siri sezilarli bo'lsa-da, Ozarbayjonning qadimgi milliy urf-odatlari ham o‘z o‘rniga ega. Bu marosimlar nafaqat nikohdan oldingi tayyorgarlikni, balki juftlikning bir-biriga nisbatan hurmatini, oila va jamiyatda o'z o'rnini topishini ham ifodalaydi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.