Yosh olimlar 3-jild 20-son (2025) · 50–53-betlar

YOZUVCHI LISONIY SHAXSINING VOQELANISHIDA – INDIVIDUAL USLUB

Saatova, Surayyo, Ergashova, Ergashova

DOI: 10.5281/zenodo.15600673 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Lisoniy shaxs til imkoniyatlaridan to‘liq foydalanuvchi, lisoniy bilimini amalda nutqi orqali namoyon eta oluvchi, tilga ta’sirini o‘tkazuvchi shaxsdir. Rus tilshunosi Y.N.Karaulov “Har qanday matn ortida lisoniy tizimlarni egallagan shaxs turadi”, – deya ta’kidlaydi. Badiiy matn boshqa matn turlaridan imkoniyatining kengligi bilan ajralib turadi. Yozuvchining ijodiy mahsuli bo‘lmish badiiy matn til va shaxs munosabatlarini o‘rganishdagi asosiy manba bo‘lib, unda shaxsning, ya’ni yozuvchining lisoniy bilimi, salohiyati, so‘z qo‘llash mahorati, olamni anglashi va uni ifodalashi yaqqol namoyon bo‘ladi. Lisoniy shaxs tushunchasiga D.Niyazova “Badiiy matnda lisoniy shaxs tiplari” deb nomlangan dissertatsiyasida “Lisoniy shaxs nutq tuzuvchi va uni idrok etuvchi, tildan foydalanish jarayonida unga o‘z shaxsiy sifatlari bilan ta’sir ko‘rsatuvchi, jamiyatda shakllangan milliy-madaniy qarashlarni tilda namoyon etuvchi shaxsdir”, – deya baholaydi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.