Yosh olimlar 3-jild 21-son (2025) · 14–16-betlar

XALQARO MEDIA MUHITIDA INGLIZ TILINI BILISH DARAJASIGA QO‘YILADIGAN STANDARTLAR VA REAL EHTIYOJLAR

Abdujabborova, Kamola

DOI: 10.70413/yo-v03-i21-p1-005 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada xalqaro media muhitida ingliz tilini bilish darajasiga qo‘yiladigan standartlar va amaliy ehtiyojlar tahlil qilinadi. Ingliz tili media sohasida xalqaro aloqa vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, malaka darajasi bilan bog‘liq talablar soha rivojida asosiy o‘rin tutadi. Maqolada til bilimining xalqaro media platformalarida samarali ishlatilishi, professional malaka standartlari va real ish ehtiyojlari muhokama qilinadi. Shuningdek, ingliz tilini bilish darajasini oshirish va zamonaviy media talablariga moslashish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Xalqaro media muhit, ingliz tilini bilish darajasi, standartlar, real ehtiyojlar, media kommunikatsiyasi, kasbiy malaka, axborot almashinuvi, til malakasi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.