Yosh olimlar 3-jild 21-son (2025) · 55–56-betlar

KOGNITIV TILSHUNOSLIK METODLARI

Abdullayeva, Roxila

DOI: 10.5281/zenodo.15631055 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ma’lumki, har qanday yo‘nalish istiqboli predmetga yondashuv va tadqiq usullarini o‘z ichiga oluvchi tadqiqot metodlariga bog‘liq. Antroposentrik paradigmaning barcha yo‘nalishlari uchun xos bo‘lgan mumtoz metodlar: tasvirlash, tavsiflash, tasniflash, umumiydan xususiyga, xususiydan umumiyga borish, kuzatuv, so‘rovnoma-suhbat  bugungi kunda olib borilayotgan tadqiqotlarda ham izlanish asosini tashkil qiluvchi asosiy metodlar bo‘lib qolmoqda. Shuning bilan bir qatorda har bir sohada uning xususiyatidan kelib chiqqan holda amal qiluvchi metodlar borki, ishning ilmiy qiymati, yo‘nalish xususiyatlari va tadqiqot maqsadi haqida yaqqol tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Jumladan, kognitiv tilshunoslikda ham bir necha xususiy metodlar amal qiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.