Yosh olimlar 3-jild 21-son (2025) · 125–128-betlar

“BOBURNOMA” DA O‘RTA ASR MARKAZIY OSIYO JAMIYATI VA TABIATI TASVIRI

Usanova, Muxlisa

DOI: 10.70413/yo-v03-i21-p1-034 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur asari — “Boburnoma” asosida o‘rta asr Markaziy Osiyo jamiyati va tabiati tasviriga ilmiy yondashuv asosida baho berilgan. Muallif asarda mavjud bo‘lgan tarixiy, ijtimoiy, geografik va ekologik ma’lumotlarni tahlil qilib, “Boburnoma”ning nafaqat badiiy-adabiy, balki tarixiy-geografik manba sifatidagi ahamiyatini ochib beradi. Ayniqsa, Boburning kuzatuvchanligi orqali o‘sha davr shahar hayoti, ijtimoiy qatlamlar, dehqonchilik va tabiiy boyliklar haqida tasavvur hosil qilish mumkinligi ko‘rsatib berilgan. Maqolada Markaziy Osiyo hududining iqlimi, relyefi, suv resurslari va flora-faunasi haqida Bobur tomonidan berilgan realistik kuzatuvlar tahlil qilingan. Ushbu yondashuv “Boburnoma”ni tarixshunoslik, geografiya va madaniyatshunoslik fanlari uchun noyob ilmiy manba sifatida ko‘rsatadi.

Boburnoma, Zahiriddin Muhammad Bobur, Markaziy Osiyo, tarixiy manba, jamiyat, tabiiy resurslar, geografik tasvir, o‘rta asrlar, ijtimoiy tuzilma, ekologik kuzatuv.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.