Yosh olimlar 3-jild 21-son (2025) · 141–143-betlar

ISLOM SHOIR DOSTONLARIDA PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVISTIK TAHLILI

Aripova, Mahliyo

DOI: 10.5281/zenodo.15655141 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodining yorqin namoyandalaridan biri bo‘lgan Islom shoir Nazar o‘g‘lining dostonlarida uchraydigan paremiologik birliklar – maqollar, matallar, iboralar, hikmatli so‘zlar – lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Paremiologik birliklar xalq og‘zaki ijodining ajralmas qismi sifatida, dostonlarda obrazlar xarakterini ochishda, voqealarning badiiy ta’sirini kuchaytirishda, milliy tafakkur ifodasini yetkazishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada Islom shoirning dostonlaridan olingan paremiyalarning shakl, mazmun, strukturaviy jihatlari, ularning semantik yuklamasi, kontekstual funksiyasi, poetik vazifalari tahlil etiladi.

Islom shoir Nazar o‘g‘li, doston, paremiologik birlik, maqol, matal, ibora, lingvistik tahlil, xalq og‘zaki ijodi, milliy tafakkur, badiiy nutq, stilistik vosita, semantik tahlil, xalq donishmandligi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.