Yosh olimlar 3-jild 22-son (2025) · 7–11-betlar

FARG‘ONA VODIYSINING SOVET SANOAT TIZIMIDAGI O‘RNI (1933–1940 yillar)

Olimjanova, Zuxraxon

DOI: 10.70413/yo-v03-i22-p1-002 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston SSRda, xususan Farg‘ona vodiysida 1933–1940-yillar oralig‘ida olib borilgan sanoatlashuv siyosati, uning asosiy yo‘nalishlari, erishilgan natijalar va mavjud muammolar yoritiladi. Ikkinchi besh yillik rejasi doirasida respublika paxtachilikka ixtisoslashtirildi, sanoat tarmoqlari, jumladan energetika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va mashinasozlik sohalarining rivojlanishi ko‘zda tutilgan edi. Elektr energiyasining markazlashgan tizim orqali taqsimlanishi sanoat ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatladi. Maqolada, shuningdek, besh yillik rejalarning propagandaviy jihatlari va real hayotdagi amaliy samara darajasi tahlil qilinadi.

SSSR, paxta, korxonalar, markazlashgan boshqaruv, Ikkinchi besh yillik reja, sanoat tarmoqlari, tabiiy resurslar, “O‘zbekenergo”, energetika sohasi, Quvasoy GRES, elektr stansiyalar, yirik sanoat.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.