Yosh olimlar 3-jild 22-son (2025) · 51–54-betlar
ARXITEKTURAVIY MAKONLARNING O‘ZARO TIPOLOGIK BOG‘LIQLIGI
Djoldasov, A.B.
DOI: 10.70413/yo-v03-i22-p1-016 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada Qadimgi Xorazm hududidagi karvon yo‘llari va ular bilan uzviy bog‘liq arxitekturaviy obidalar — jumladan, karvonsaroylar, rabotlar, qal’alar va manzilgohlar o‘rtasidagi makonlashuv va tipologik bog‘liqliklar ilmiy tahlil qilingan. Asar doirasida mazkur obidalarning hududiy joylashuv xususiyatlari, funksiyalari, me’moriy yechimlari hamda turli tarixiy davrlar ta’sirida yuz bergan arxitekturaviy o‘zgarishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorliklar ko‘rsatib berilgan. Arxeologik tadqiqotlar, yozma tarixiy manbalar va joylarda o‘tkazilgan ekspeditsiyalar natijalariga tayangan holda Quyi Amudaryo mintaqasidagi arxitekturaviy merosning tipologik tahlili amalga oshirilgan va ushbu infratuzilmaning Ipak yo‘li doirasidagi geomadaniy ahamiyati yoritib berilgan.
Qadimgi Xorazm, karvon yo‘llari, karvonsaroy, arxitektura, makon tashkiloti, tipologiya, infratuzilma, Ipak yo‘li, arxeologiya, madaniy meros.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.