Yosh olimlar 3-jild 22-son (2025) · 96–100-betlar

“O‘TLOQI BO‘Z TUPROQLARDA G‘O‘ZA VA SOYA INTERCROPPING TIZIMINING HOSILDORLIKKA TA’SIRI”

Malikova, O.T., Malikov, E.N., Sultonov, Q.N.

DOI: 10.70413/yo-v03-i22-p1-029 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushubu maqolada Toshkent viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za va soya ekinlarini hamkorlikda yetishtirish bo‘yicha olib borilgan dala tajribalari natijalari bayon etilgan. Tadqiqot davomida bir mavsumda bir maydonda ikki turdagi ekin – g‘o‘za va don-dukkakli soya – birgalikda yetishtirildi va ularning o‘sishi, fenologik rivojlanishi, hosildorligi, tuproqning agrofizik va suv-fizik xossalariga ta’siri o‘rganildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, g‘o‘za va soya ekinlarini birgalikda yetishtirish orqali 1 gektar maydondan 20,9 s/ga paxta va 18,2 s/ga soya doni olishga erishildi. Bu usul yer resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega ekani ko‘rsatildi. Shuningdek, xorijiy (ayniqsa Xitoy) tajribasi bilan solishtirma tahlillar keltirilib, hamkor ekish texnologiyalarining afzalliklari asoslab berildi.

G‘o‘za-soya, intercropping, sug‘orish samaradorligi, dala tajribasi, hosildorlik, yer unumdorligi, o‘tloqi-bo‘z tuproq, suv tejash, qo‘shma ekinlar, agrotexnologiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.