Yosh olimlar 3-jild 23-son (2025)

TA’LIM MUASSASALARI BOSHQARUVIDA KADRLARNING HARD VA SOFT SKILLARINI RIVOJLANTIRISH YO`LLARI

Mamasoatov, A.

DOI: 10.70413/yo-v03-i23-p1-040 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ta’lim muassasalari boshqaruvida rahbarlarning ko‘nikmalari bo‘yicha so‘nggi yillarda ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazildi. Kotler (2020) o‘zining “Management and Leadership in Education” asarida ta’lim rahbarlarining moliyaviy boshqaruv ko‘nikmalari muassasa samaradorligiga bevosita ta’sir qilishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, moliyaviy resurslarni samarali boshqarish ta’lim loyihalarini moliyalashtirish va infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, Goleman (2018) “Emotional Intelligence in Leadership” asarida emotsional intellektning rahbarlik samaradorligidagi rolini ta’kidlab, soft skilllarning jamoaviy ishda muhim ekanligini ko‘rsatadi. Goleman rahbarlarning o‘z va xodimlarning his-tuyg‘ularini boshqarish qobiliyati ularning qaror qabul qilish jarayonlariga ijobiy ta’sir qilishini ta’kidlaydi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.