Yosh olimlar 3-jild 24-son (2025) · 152–155-betlar
BUXORO XONLIGIDA ASHTARXONIYLAR SULOLASI VAKILLARINING HUKMRONLIGI DAVRIDA TA’LIM SOHASI VA ILM-FAN RIVOJI
Sulaymonov, Boburjon
DOI: 10.70413/yo-v03-i24-p1-035 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Buxoro xonligi davrida (1501 – 1756) O‘rta Osiyoda madaniy hayot, ilm-fan sohasi har tomonlama rivoj topdi. Temuriylar davridagi renesansdek taraqqiy topmagan bo‘lsa-da, to‘xtab qolgani yo‘q edi. Dastlab Shayboniylar sulolasi davrida (1501-1601) XIV-XV asrlardagi O‘rta Osiyoda yuz bergan ikkinchi renesans davridagi ta’lim, ilm-fanning ma’lum bir ko‘rinishlari davom ettirilgan bo‘lsa, Ashtarxoniylar sulolasining ba’zi bir ilm-fan sohasiga qiziqqan, qo‘llab-quvatlagan hukmdorlari davrida ham bu sohada bir qancha tatqiqotlar olib boriladi. XVII asr boshlariga kelib, Buxoro xonligida hokimiyatga kelgan ashtarxoniylar sulolasi (1601 – 1756) davrida o‘zaro ichki ziddiyatlar, tinimsiz urushlar va siyosiy parokandalik avj oladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, murakkab diniy va siyosiy vaziyat ashtarxoniylar davrida maorif, ilm-fan va madaniyat rivojini davom ettirilishiga to‘iq bo‘la olmadi. Ushbu maqolada yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda mavzuni ochib beriladi.
Ashtarxoniylar, Buxoro, ilm-fan, Imomqulixon, Bahr al-asror, ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish, Nadr Muhammadxon, diniy ilmlar, Abdulazizxon, Subhonqulixon, ta’lim, madrasa, taskira.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.