Yosh olimlar 3-jild 25-son (2025) · 9–13-betlar

BOSHLANG‘ICH SINFDA MASHQ MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHDA O‘YINLI METODLARNING O‘RNI

Yashinova, Shahzoda

DOI: 10.70413/yo-v03-i25-p1-002 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mashq malakalarini shakllantirish jarayonida o‘yinli metodlardan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar faol, mustaqil va qiziqarli tarzda bilim olishlari uchun turli didaktik o‘yinlar, mantiqiy mashqlar, rolli o‘yinlar va harakatli topshiriqlarning ahamiyati muhim o‘rin tutadi. Maqolada aynan mashq malakalarini – ya’ni yozma va og‘zaki nutqni rivojlantirish, qo‘llanilayotgan bilimlarni mustahkamlash, fikrlashni faollashtirishga qaratilgan o‘yinli metodlar misollar bilan ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, o‘yinli metodlarning bolaning shaxsiy rivojiga, ijtimoiylashuviga va dars jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabatini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘yinli metodlardan to‘g‘ri foydalanish orqali o‘quvchilarning faolligi, o‘zlashtirish darajasi va mustaqil ishlash malakalari sezilarli darajada oshadi.

boshlang‘ich ta’lim, ona tili, axborot texnologiyalari, raqamli resurslar, interaktiv dars, elektron darsliklar, multimedia vositalari, onlayn platformalar, innovatsion o‘qitish usullari, nutq rivojlantirish, o‘quvchilar savodxonligi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.