Yosh olimlar 3-jild 25-son (2025) · 20–25-betlar
RAQAMLI PLATFORMALAR ORQALI MAHALLIY SANOAT BRENDLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Sharipov, Gʻulomjon
DOI: 10.70413/yo-v03-i25-p1-004 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan mahalliy sanoat korxonalarining brendlarini raqamli platformalar orqali rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Raqamli marketing vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn savdo maydonchalari va veb-saytlar orqali mahsulot va xizmatlarni ommalashtirish, iste’molchilar bilan bevosita aloqani kuchaytirish hamda brendning bozordagi tan olinuvchanligini oshirish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidagi mavjud holat, raqamli infratuzilmaning rivojlanish darajasi, mahalliy korxonalar tajribasi asosida real misollar va amaliy takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari asosida hududiy sanoat korxonalarining raqamli muhitdagi marketing salohiyatini kuchaytirishga doir tavsiyalar ilgari suriladi.
Raqamli platforma, mahalliy brend, sanoat korxonasi, raqamli marketing, ijtimoiy tarmoqlar, Qashqadaryo tajribasi, marketing strategiyasi, onlayn savdo, brend imiji, auditoriyaga chiqish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.