Yosh olimlar 3-jild 25-son (2025) · 70–72-betlar
OQSILLARNI AJRATIB OLISH USULLARI
Karimova, Muhabbat, Jumayev, Nosirjon
DOI: 10.70413/yo-v03-i25-p1-019 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada oqsillar (proteinlar)ning biologik tuzilishi, organizmdagi funksiyalari va ularni ajratib olishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Oqsillar hujayralarning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ularning tuzilishini o‘rganish va toza holatda ajratib olish biokimyo, tibbiyot, farmatsevtika va molekulyar biologiya sohalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada cho‘ktirish, dializ, xromatografiya, elektroforez, ultratsentrifugirlash kabi asosiy usullar har birining prinsipi, amaliy qo‘llanilishi va afzallik-kamchiliklari bilan keng yoritilgan. Shuningdek, mikrochip asosidagi avtomatlashtirilgan ajratish texnologiyalari va sun’iy intellekt yordami bilan oqsil tahlili kabi innovatsion yondoshuvlar ham tahlil qilinadi. Ilmiy va amaliy yondashuvlar uyg‘unlashtirilgan holda yozilgan mazkur maqola oqsil izolyatsiyasi jarayonlarini chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi.
Oqsil, protein, ajratib olish, cho‘ktirish, dializ, xromatografiya, elektroforez, ultratsentrifugirlash, mikrochip texnologiyasi, sun’iy intellekt, oqsil tozalash, biokimyo, molekulyar biologiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.