Yosh olimlar 3-jild 25-son (2025) · 93–95-betlar

POLIFONIK ROMAN SIFATIDA “MEHROBDAN CHAYON”: QAHRAMONLAR ORASIDAGI NUTQIY KONTRASTLAR

Madirimov, Baxram

DOI: 10.5281/zenodo.15779361 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur tezisda Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romani polifonik asar sifatida talqin etilib, undagi qahramonlar nutqining o‘zaro kontrasti va ularning ijtimoiy-psixologik funksiyalari tahlil qilinadi. Bakhtinning polifoniya konsepsiyasiga tayanib, asarda turli ijtimoiy qatlam hamda dunyoqarashga mansub personajlarning idiolektlari, stilistik usullari va kod-almashish holatlari chuqur ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Qodiriy har bir qahramonning idiolektini ma’lum ijtimoiy stereotip va davr ruhi bilan uyg‘unlashtirishga erishadi; individual nutqiy rang-baranglik esa asardagi tarixiy kolorit, ideologik qatlamlar va muallif pozitsiyasini yoritishga xizmat qiladi. Shunday qilib, «Mehrobdan chayon» o‘z davri uchun xos bo‘lgan kollektiv til manzarasini individuallashtirilgan ovozlar orkestri orqali estetik yaxlitlik darajasiga ko‘taradi.

Abdulla Qodiriy, polifoniya, idiolekt, nutq kontrasti, «Mehrobdan chayon», diskurs-pragmatika, korpus lingvistikasi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.