Yosh olimlar 3-jild 25-son (2025) · 96–99-betlar

INGLIZ GAZETA DISKURSIDA FE’L KOMPONENTLI KOLLOKATSIYALARNING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Gʻapporov, Baxriddin

DOI: 10.70413/yo-v03-i25-p1-027 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Maqolada fe’l komponentli kollokatsiyalarning ingliz gazeta diskursidagi lingvopragmatik funksiyalari tahlil etiladi. Kollokatsiyalarning lingvopragmatik tadqiqi uchun “Sketch Engine” korpus bazasidagi “Broadsheet newspapers” boʻlimidagi ma’lumotlardan foydalanilgan. Lingvopragmatika kontekstda ma’no yaratish, nutqiy maqsadni ifodalash hamda ideologik pozitsiyani yashirin yetkazish vositasi sifatida qaraladi. “Fuel speculation”, “resign from office” va “grant amnesty” kabi kollokatsiyalar misolida ularning implikatura, presuppozitsiya hamda nutq aktlari nazariyalari asosida qanday ishlashi ko‘rsatilgan. Tahlil shuni anglatadiki, kollokatsiyalar faqat til birligi emas, balki ijtimoiy-siyosiy haqiqatni ifodalovchi va uni shakllantiruvchi pragmatik vositadir.

lingvopragmatika, fe’l komponentli kollokatsiya, implikatura, presuppozitsiya, nutq aktlari, gazeta diskursi, pragmatik tahlil.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.