Yosh olimlar 3-jild 25-son (2025) · 113–117-betlar
TRANSSENDENTALIZM VA JADIDLAR HARAKATINING QIYOSIY TAHLILI
Ilyasova, Nadira
DOI: 10.5281/zenodo.15798650 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Transsendentalizm va Jadidchilik harakatlarida faoliyat yuritgan yozuvchi va mutafakkirlar ijodida ko‘plab umumiyliklar mavjud. Ularning asarlari orqali inson erkinligi, axloqiy yuksalish, ma’rifatparvarlik va jamiyat islohoti kabi g‘oyalar ilgari surilgan. Quyida har ikki harakat vakillarining o‘zaro qiyoslangan adiblari va ularning ijodiy o‘xshash jihatlari keltirilgan.Transsendentalizm va Jadidchilik harakatlari o‘z davrida jamiyatga yangicha qarash olib kelgan, erkin fikr, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida xizmat qilgan harakatlardir. Ularning har biri o‘z hududi va tarixiy sharoitidan kelib chiqqan bo‘lsa-da, ichki erkinlik, o‘zgarish, va o‘zini anglash g‘oyalari orqali uyg‘unlashadi. Bugungi kunda bu harakatlar zamonaviy jamiyat rivojiga zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.
Transsendentalizm, shaxsiy erkinlik, mafkuraviy uyg‘onishlar, ruhiy kamolot, usuli jaded, individualizm
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.