Yosh olimlar 3-jild 26-son (2025) · 7–12-betlar
XITOYDA TASHQI MIGRATSIYA TENDENSIYALARINING 2020–2024 YILLARDAGI RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI: STATISTIK VA TIZIMLI TAHLIL
Mо‘minоv, Z.
DOI: 10.5281/zenodo.15827455 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada 2020–2024 yillar davomida Xitoyda tashqi migratsiya jarayonlarining institutsional va transformatsion xususiyatlari tahlil qilinadi. Migratsiya siyosatidagi asosiy o‘zgarishlar, xususan hukou tizimidagi islohotlar, shahar va qishloq o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish hamda migrantlarning huquqiy maqomini mustahkamlashga qaratilgan. Statistik ma’lumotlar asosida tashqi migratsiyaning viloyatlar kesimidagi dinamikasi ko‘rib chiqilib, migratsiya oqimlarining intensivligi, yo‘nalishi va ijtimoiy integratsiya omillari chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, yangi texnologiyalar, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalaridagi mehnat talabi bilan bog‘liq transformatsion o‘zgarishlar, migrantlarning ijtimoiy maqomi va iqtisodiy imkoniyatlarida yuzaga kelgan yangilanishlar bilan bog‘lanadi. Xulosa sifatida esa migratsion jarayonlarni boshqarish bo‘yicha strategik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Xitoy, tashqi migratsiya, hukou tizimi, institutsional islohotlar, ijtimoiy maqom, transformatsiya, iqtisodiy imkoniyatlar, viloyatlar kesimidagi tahlil, migratsiya siyosati, ijtimoiy integratsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.