Yosh olimlar 3-jild 27-son (2025) · 4–5-betlar

NAFAS OLISHNING FIZIOLOGIYASI VA UNING MUVOFIQLASHUVI

Shukurov, Burhoniddin

DOI: 10.5281/zenodo.16538498 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Nafas olish tizimi organizmning kislorod bilan ta’minlanishi va karbonat angidridni chiqarib yuborish jarayonlarini boshqaruvchi muhim fiziologik tizim hisoblanadi. Ushbu maqolada nafas olishning asosiy bosqichlari – tashqi va ichki nafas olish, alveolyar gaz almashinuvi, nafas olish harakatlari va ularni boshqaruvchi markazlar haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, nafas olish jarayonining markaziy asab tizimi tomonidan qanday muvofiqlashtirilishi, kimyoviy va mexanik retseptorlarning roli, reflektor javoblar va ularning funksional ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Turli holatlardagi (jismoniy yuklama, uyqu, stress) nafas olish o‘zgarishlari, patologik sharoitlarda (astma, gipoksiya) buzilish mexanizmlari ham tahlil qilinadi. Nafas olish fiziologiyasini chuqur tushunish nafaqat klinik amaliyotda, balki sport, reabilitatsiya va anesteziologiyada ham katta ahamiyatga ega.

Nafas olish, tashqi nafas, alveolyar gaz almashinuvi, diafragma, nafas markazi, kimyoviy retseptorlar, karbonat angidrid, kislorod, gipoksiya, ventilyatsiya, pons, medulla oblongata

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.