Yosh olimlar 3-jild 27-son (2025) · 6–11-betlar

RAQAMLI TA’LIM TIZIMIDA "INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI" BO‘LIMINI INTERFAOL TA’LIM METODLARI YORDAMIDA O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Pardayeva, Marjona, Yaxiyaxonova, Muxiba, Negmatova, Sevinch

DOI: 10.70413/yo-v03-i27-p1-002 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada, raqamli ta'lim tizimida "Internetda ishlash asoslari" bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida o‘qitishning metodikasi o‘rganilgan. Maqola internetda ishlashni o‘rgatishda interfaol metodlarning ahamiyatini, ularning o‘quvchilarning faol ishtirokini rag'batlantirishdagi rolini, shuningdek, tanqidiy fikrlash va axborotlarni samarali qidirish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritadi. Interfaol ta’lim metodlari, o‘quvchilarga ma'lumotni faqat qabul qilibgina qolmasdan, balki amaliy mashqlar, guruhli muhokamalar va simulyatsiyalar orqali uni tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu yondashuv, o‘quvchilarga internet manbalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishni, internetda xavfsiz ishlashni, shuningdek, onlayn axborotni baholashni o‘rgatadi. Maqola o‘qituvchilarga interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta'lim jarayonini yanada samarali va zamonaviy qilish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Internetda ishlash, interfaol ta'lim metodlari, raqamli ta'lim, axborotname, onlayn xavfsizlik, muammoli o‘qitish, mustaqil o‘rganish, kreativ loyiha, simulyatsiya, guruhli muhokama, aralash ta'lim.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.