Yosh olimlar 3-jild 27-son (2025) · 27–33-betlar

INFORMATIKA OʻQITISH METODIKASI FAN SIFATIDA TARIXI

Maxammadiyeva, Iroda, Yaxiyaxonova, Muxiba, Negmatova, Sevinch

DOI: 10.70413/yo-v03-i27-p1-005 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Maqolada informatika oʻqitish metodikasining fan sifatida tarixi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Informatika oʻqitish metodikasi kompyuter texnologiyalarining jadal rivojlanishi va ta’lim tizimining oʻzgarishi bilan bog’liq holda shakllanib, vaqt oʻtishi bilan amaliy va nazariy jihatdan boyidi. Dastlab, informatika oʻqitish faqat kompyuterlarning asosiy tushunchalari va dasturlash tilini oʻrgatish bilan cheklangan boʻlsa, bugungi kunda u sun'iy intellekt, ma’lumotlar bazalari va algoritmlar kabi ilg’or sohalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, maqolada informatika oʻqitish metodikasining turli yondoshuvlar va texnologiyalarni oʻzlashtirish zarurati, oʻqituvchilarning pedagogik malakalarini oshirishning ahamiyati, hamda innovatsion ta’lim usullarining qoʻllanilishi masalalari muhokama qilinadi. Maqolada informatika oʻqitish metodikasining kelajakdagi istiqbollari va uning samaradorligini oshirish uchun takliflar beriladi. Ushbu ish informatika fanini oʻqitish sohasidagi mutaxassislar, oʻqituvchilar va ta’lim tashkilotlari uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi.

Informatika oʻqitish metodikasi, fan tarixi, pedagogika, kompyuter fanlari, oʻqitish usullari, dasturlash, ta’lim tizimi, innovatsiyalar, oʻquvchilarga yoʻnaltirilgan ta’lim, informatika darslari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.