Yosh olimlar 3-jild 27-son (2025) · 48–50-betlar
“RO‘YO YOXUD G‘ULISTONGA SAFAR” ROMANIDA ONG OQIMI POETIKASI
Xamroyeva, Dilnoza
DOI: 10.70413/yo-v03-i27-p1-009 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Adabiyot inson ruhiyatining eng nozik qatlamlarini ochib beruvchi kuchli badiiy vositadir. Ayniqsa, ong oqimi uslubida yozilgan asarlar orqali inson ichki kechinmalari, tafakkuridagi ziddiyatlar, ongi va xotiralari tasviriy qatlamga ko‘chiriladi. Ahmad A’zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” romanida aynan shunday psixologik murakkabliklar, tush va haqiqat oralig‘idagi noaniqliklar, ijtimoiy va siyosiy tanqidiy qatlamlar bir butun ong oqimi tarzida ifodalanadi. Asar bosh qahramonining ongida ro‘y beradigan ikki qismli ziddiyatlar, ichki monologlar orqali inson o‘zligini izlaydi, mavjud tartibotga shubha bilan qaraydi, voqelikni o‘z ruhiy tajribasi orqali idrok etadi. Zanjir timsoli, ajina obrazi, qo‘rquvning psixologik tahlili, assotsiativ tafakkur jarayonlari asarda inson va jamiyat munosabatining falsafiy, ramziy va tanqidiy talqiniga zamin yaratadi. Ushbu tahlil mazkur roman misolida ong oqimi uslubining imkoniyatlarini, uning vositasida ochilgan ijtimoiy, ruhiy va ramziy qatlamlarni yoritishni maqsad qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.