Yosh olimlar 3-jild 28-son (2025) · 17–22-betlar
ZAMONAVIY MAUGLI SINDROMINING KLINIK DIAGNOSTIKASI VA PSIXOKORREKSIYA IMKONIYATLARI YOSHLAR PSIXOLOGIYASIDA
Polvanov, Rasulbek
DOI: 10.5281/zenodo.16752167 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqola zamonaviy yoshlar orasida kuzatilayotgan “Maugli sindromi”ning psixologik-psixiatrik tabiatini klinik nuqtayi nazardan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Internetga haddan tashqari qaramlik, ijtimoiy izolyatsiya va oilaviy-emotsional beqarorlik natijasida shakllanayotgan mazkur sindrom, shaxsning identiteti, ijtimoiy rol va axloqiy qadriyatlarni qabul qilishida jiddiy buzilishlarga olib kelmoqda. Maqolada ushbu sindromning klinik simptomatikasi, diagnostika mezonlari, psixodinamik va nevropsixologik yondashuvlar asosida tavsifi beriladi. Shuningdek, yoshlar psixologiyasida bu holatga nisbatan qo‘llanilayotgan zamonaviy psixokorrektsion metodlar – kognitiv-xulqiy terapiya, art-terapiya va interaktiv guruh mashg‘ulotlari samaradorligi tajriba asosida baholanadi. Muallif, yoshlar ongida ijtimoiy moslashuv va axloqiy qadriyatlarni qayta shakllantirish orqali Maugli sindromini yumshatish, shaxsiy identitetni mustahkamlash va psixologik reabilitatsiya yo‘llarini asoslashga harakat qiladi. Mazkur tadqiqot psixologiya va ta’lim sohasi mutaxassislari, ijtimoiy ishchilar hamda ota-onalar uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega.
Maugli sindromi, yoshlar psixologiyasi, internet qaramlik, ijtimoiy izolyatsiya, shaxs identiteti, klinik diagnostika, psixokorrektsiya, kognitiv-xulqiy terapiya, emotsional buzilishlar, reabilitatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.