Yosh olimlar 3-jild 28-son (2025) · 124–126-betlar
SHARQ MUTAFAKKIRLARI TALQINIDA HARBIY VATANPARVARLIK TARBIYASI
Axmedov, Nodir
DOI: 10.5281/zenodo.16870905 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Tezisda Sharq mutafakkirlarining harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga oid qarashlari axloqiy-falsafiy va siyosiy-pedagogik manbalar asosida tahlil qilinadi. Al-Farobiy, Ibn Sino, Nizomulmulk, Nasiriddin Tusi, Yusuf Xos Hojib, Abu Homid G‘azzoliy hamda Ibn Xaldun asarlarida shijoat, burch, adolat, ijtimoiy birdamlik, fuqarolik mas’uliyati va ilm-ma’naviyat uyg‘unligi harbiy tarbiyaning tayanch tamoyillari sifatida izohlanadi. Tadqiqot natijalari harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini shaxs fazilatlari, ijtimoiy birlik va davlat boshqaruvi madaniyati bilan bir butun ko‘rgan klassik yondashuv bugun ham yoshlar ongida ma’naviy immunitet, mas’uliyat va xizmatga sadoqatni shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi, shijoat, adolat, burch, ijtimoiy birdamlik, fuqarolik mas’uliyati, Sharq mutafakkirlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.