Yosh olimlar 3-jild 29-son (2025) · 36–38-betlar
O‘TKIR RESPIRATOR INFEKSIYA (ORI) BILAN KASALLANGAN BOLALARDA IMMUN TIZIMI FAOLIYATINING O‘ZGARISHLARI
Ismoilova, Muharramoy
DOI: 10.70413/yo-v03-i29-p1-009 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘tkir respirator infeksiya (ORI) bilan kasallangan bolalarda immun tizimi faoliyatida kuzatiladigan o‘zgarishlar ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot Toshkent viloyatidagi shifoxonalarda kuzatilgan 2–10 yosh oralig‘idagi bolalar ishtirokida olib borildi. Immunologik tekshiruvlar natijasida T-limfotsitlar soni va ularning subpopulyatsiyasi, immunoglobulinlar miqdori hamda fagotsitar faollik darajasida sezilarli o‘zgarishlar aniqlangan. ORI kechishida CD4+/CD8+ indeksining buzilishi, IgA darajasining pasayishi va fagotsitoz faolligining susayishi asosiy markerlar sifatida namoyon bo‘ldi. Tadqiqot natijalari ORI bilan kasallangan bolalarda nafaqat simptomatik, balki immun tizimining kompensator imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlovchi kompleks terapiya zarurligini asoslaydi. Ushbu yondashuv bolalarda infeksiya qaytalanishini kamaytirish va surunkali respirator patologiyalar rivojlanishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
o‘tkir respirator infeksiya, bolalar immun tizimi, T-limfotsitlar, immunoglobulin A, fagotsitar faollik, immunoregulyator indeks, pediatriya, profilaktika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.