Yosh olimlar 3-jild 29-son (2025) · 85–88-betlar
O‘ZBEKISTON UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA CLIL YONDASHUVI ORQALI FANLARARO INTEGRATSIYANI RIVOJLANTIRISH VA O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI
Tursunaliyeva, Muattar
DOI: 10.70413/yo-v03-i29-p1-024 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezisda O‘zbekiston umumta’lim maktablarida CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvining fanlararo integratsiyani rivojlantirishdagi o‘rni hamda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. CLIL nafaqat ingliz tilini samarali o‘rganishga, balki o‘quvchilarni turli fanlar mazmunini uyg‘unlashtirgan holda anglashga undaydi. Bu jarayon o‘z navbatida ularning ijodiy tafakkuri, tahliliy yondashuvi va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimidagi mavjud islohotlar, davlat hujjatlari va xalqaro tajribalar asosida CLILning tanqidiy fikrlashni shakllantirishdagi metodik imkoniyatlari ochib beriladi.
CLIL, fanlararo integratsiya, tanqidiy fikrlash, umumta’lim maktablari, ingliz tili ta’limi, O‘zbekiston ta’limi, innovatsion yondashuv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.