Yosh olimlar 3-jild 29-son (2025) · 94–95-betlar
HUJJATLI KINO ORQALI MILLIY O‘ZLIKNI IFODALASH: QORAQALPOQ TAJRIBASI
Mambetniyazov, Dawletyar
DOI: 10.70413/yo-v03-i29-p1-027 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada hujjatli kino milliy o‘zlikni ifodalash vositasi sifatida tahlil qilinib, Qoraqalpoq tajribasi misolida etnografik marosimlar, ekologik fojealar va tarixiy merosning aks ettirilishi o‘rganiladi. Tadqiqotda “Juwapkershiligi sheklengen jigitler”, “Ajinyaz”, “Tıǵın”, “Kurort”, “Urı” va “Qońsılar” kabi filmlar misol qilib keltirilib, ular orqali xalqning qadimiy an’analari hamda madaniy ildizlari hujjatlashtirilganligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, hujjatli filmlarning yosh avlodda milliy g‘urur va madaniy merosga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdagi o‘rni ham yoritilgan. Natijada, Qoraqalpoq hujjatli kino maktabi milliy identitetni mustahkamlash va uni xalqaro miqyosda tanitishda muhim strategik vosita ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
hujjatli kino, milliy o‘zlik, Qoraqalpoq, ekologik fojea, tarixiy meros, identitet.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.