Yosh olimlar 3-jild 29-son (2025) · 119–121-betlar

TASHQI IQTISODIY OPERATSIYALARDA VALYUTA TAVAKKALCHILIKLARINI BOSHQARISH USULLARI

Sarsenbaeva, Gulzada

DOI: 10.5281/zenodo.17008271 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta kurslarining o‘zgarishi eng muhim moliyaviy xatarlar sirasiga kiradi. Kurslarning keskin tebranishi korxonalarga moliyaviy yo‘qotishlar keltirib chiqarishi, raqobatbardoshlikni pasaytirishi hamda xalqaro bitimlarda beqarorlikka sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois valyuta tavakkalchiliklarini samarali boshqarish tashqi iqtisodiy aloqalarda moliyaviy barqarorlik va uzoq muddatli o‘sishni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada valyuta tavakkalchiliklarini boshqarishning asosiy usullari – tabiiy xedjing, forvard shartnomalari, opsionlar, svoplar va diversifikatsiya strategiyalari yoritiladi.

valyuta tavakkalchiligi, tashqi iqtisodiy operatsiyalar, xedjing, forvard shartnomasi, opsion, svop, diversifikatsiya, moliyaviy barqarorlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.