Yosh olimlar 3-jild 29-son (2025) · 127–131-betlar
QAYTA TIKLANADIGAN XOM ASHYOLARDAN BIOPLASTMASSA OLISH TEXNOLOGIYASI
Yodgorova, Nozima
DOI: 10.5281/zenodo.17033768 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada qayta tiklanadigan xom ashyolardan, jumladan, kraxmal, sellyuloza, sut kislotasi va o‘simlik moylaridan bioplastmassa olish texnologiyasi tahlil qilindi. Mavzuning dolzarbligi plastmassa chiqindilarining global ekologik muammoga aylangani va neftga qaramlikni kamaytirish zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlar tahlili, eksperimental yondashuv va solishtirma tahlil metodlari qo‘llanildi. Natijalarda bioplastmassa ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari, texnologik afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, O‘zbekiston sharoitida tatbiq etish istiqbollari yoritildi. Tadqiqot natijalari ekologik xavfsiz, iqtisodiy samarali va qayta tiklanadigan manbalarga asoslangan bioplastmassa ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
bioplastmassa, qayta tiklanadigan xom ashyo, kraxmal, sellyuloza, sut kislotasi, ekologiya, polimerlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.