Yosh olimlar 3-jild 30-son (2025) · 37–39-betlar

YASSAVIY MEROSI – TURKIY XALQLAR MA’NAVIY UYG‘ONISHINING MANBAI

Sapayeva, Nilufar

DOI: 10.70413/yo-v03-i30-p1-011 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Xoja Ahmad Yassaviy turkiy xalqlar ma’naviyati va ruhiy hayotida alohida o‘rin tutgan mutasavvif, shoir va murshid sifatida Sharq tafakkuri tarixida chuqur iz qoldirgan. Uning “Hikmatlar”i nafaqat diniy-axloqiy g‘oyalarni targ‘ib qilgan, balki turkiy xalqlarni birlikka, adolat va komillikka da’vat etuvchi ma’naviy dastur vazifasini bajargan. Yassaviy merosi xalq og‘zaki ijodi, diniy ta’limot va tasavvufiy tafakkurning uyg‘unlashuvi asosida shakllanib, keyingi asrlarda turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti va ijtimoiy hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu maqolada Yassaviy asarlarining g‘oyaviy mohiyati, ularning ma’naviy uyg‘onish jarayonidagi roli hamda zamonaviy davr uchun ahamiyati tahlil qilinadi.

Ahmad Yassaviy, hikmatlar, tasavvuf, turkiy xalqlar, ma’naviy uyg‘onish, adolat, komillik, ma’naviyat manbai.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.