Yosh olimlar 3-jild 31-son (2025) · 17–19-betlar
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA IKKINCHI TIL MUHITIDA ONA TILINI O‘QITISH METODLARI
Kurbaniyazova, Diluar
DOI: 10.70413/yo-v03-i31-p1-006 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda ikkinchi til muhitida ona tilini samarali o‘qitish metodlari keng yoritiladi. Ikki tillilik sharoitida bolalarning til o‘rganish jarayoni ko‘pincha murakkab kechadi, chunki ular maktabda, oilada yoki jamiyatda bir necha tillardan bir vaqtda foydalanadilar. Shu sababli ona tilini o‘qitishda nafaqat lingvistik, balki psixolingvistik va sosiolingvistik omillarni ham hisobga olish zarur. Maqolada kommunikativ metod, interaktiv mashg‘ulotlar, qiyosiy yondashuv, multimedia vositalaridan foydalanish, integrativ ta’lim hamda milliy madaniy merosga tayangan metodlar batafsil tahlil qilinib, ularning samaradorligi ishonchli ilmiy manbalar hamda amaliy misollar orqali asoslab beriladi.
ona tili, ikkinchi til, boshlang‘ich ta’lim, metod, interaktiv ta’lim, kommunikativ yondashuv, milliy qadriyatlar, ikki tillilik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.