Yosh olimlar 3-jild 31-son (2025) · 20–26-betlar
ALISHER NAVOIY VA JAHON TILSHUNOSLIGI
Yusupova, Gulmira, Qobiljonova, Sarvinoz
DOI: 10.5281/zenodo.17090033 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Alisher Navoiy o‘zbek adabiy tili va tilshunoslik tarixida beqiyos meros qoldirgan buyuk mutafakkirdir. Uning “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Majolis un-nafois”, “Xazoyin ul-maoniy” kabi asarlarida til, uning imkoniyatlari, so‘z boyligi, grammatik qurilishi haqida qimmatli fikrlar ilgari surilgan. Ushbu maqolada Navoiy tilshunoslik qarashlari jahon tilshunosligi doirasida tahlil qilinadi, Sharq va G‘arb lingvistika an’analari bilan qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqotda Navoiy merosining zamonaviy lingvistika fanidagi o‘rni, fonetika, leksikologiya, morfologiya hamda umumiy tilshunoslik tamoyillariga qo‘shgan hissasi ochib beriladi. Shuningdek, maqolada Navoiy qarashlarining bugungi o‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro lingvistik izlanishlardagi ahamiyati ham yoritiladi.
Alisher Navoiy, tilshunoslik, fonetika, leksikologiya, grammatika, qiyosiy tahlil, jahon tilshunosligi, Sharq, G‘arb, lingvistik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.