Yosh olimlar 3-jild 31-son (2025) · 35–37-betlar
7–8-SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL O‘RGANISH KO‘NIKMALARINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI
Azimova, Mohinur
DOI: 10.70413/yo-v03-i31-p1-010 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezisda 7–8-sinf o‘quvchilarining mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishda raqamli texnologiyalar imkoniyatlari o‘rganilgan. Mobil ilovalar, veb-platformalar, o‘quv botlari hamda interaktiv dasturlardan foydalanish orqali o‘quvchilarda mustaqil bilim olish, vaqtni boshqarish, o‘zini nazorat qilish, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik ko‘nikmalari rivojlantirilishi mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot jarayonida Quizlet, Google Classroom, EduPage, Wordwall, Telegram botlari kabi raqamli vositalardan foydalanish samaradorligi kuzatildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli vositalardan oqilona foydalanish nafaqat o‘quvchilar motivatsiyasini oshiradi, balki ularning ta’lim jarayonidagi mustaqilligini ta’minlashga yordam beradi.
mustaqil o‘rganish, raqamli texnologiyalar, o‘quvchilar, mobil ilovalar, ta’limda innovatsiyalar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.