Yosh olimlar 3-jild 31-son (2025) · 42–45-betlar
KENG TARQALGAN MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISH USULLARINING ZAMONAVIY HOLATI
Sheraliyev, Javohir, Ismoilova, Marjona
DOI: 10.70413/yo-v03-i31-p1-012 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, ombor zaxiralarini optimallashtirish, marketing tadqiqotlarini amalga oshirish raqobatbardoshlik faoliyatini baholash hamda korxonalarning iqtisodiy rivojlanishini bashorat qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora–tadbirlarga bo‘lgan talablar ortib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlarda korxonalarning kelajakdagi faoliyatini bashorat qilish tahlilchilar bilan birga tadqiq etiladi. Bunday tizimlarga qo‘yiladigan talablar yuqori bo‘lib: zamonaviy ma’lumotlarni tahlil qilish mexanizmlarni amalga oshirish, yuz minglab yozuvlari bo‘lgan tanlanmalar bilan ishlay olish, ofis ilovalari bilan integratsiya qilish, ofisdagi shaxsiy kompyuterlarda barqaror ishlash, turli xil manbalardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish uchun amalda qo‘llay olinishi mumkinligi zaruriy jihatlar asosida belgilab beriladi. Biz ma’lumotlarni tahlil qilish tizimini (MTQT) yaratishda aynan shu tamoyillarga tayandik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.