Yosh olimlar 3-jild 31-son (2025) · 101–103-betlar
“OLIY TA’LIM MUASSASASI RAHBARLARINING FAOLIYATIDA BOSHQARUV MADANIYATINING TUTGAN O‘RNI”
Abdusabirov, Jamshid
DOI: 10.70413/yo-v03-i31-p1-030 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Boshqaruv jarayoni har qanday rahbar faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasasi rahbarlari o‘z faoliyatlarining mas’uliyatini his qilgan holda, o‘z kasblari uchun zarur bo‘lgan barcha kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Bu yerda eng yuqori o‘rinlarni albatta rahbarlarning boshqaruv madaniyati egallaydi. Rahbarning rahbarlik sifatlari, o‘z kasbiga oid bilim va salohiyati, tajribasi, boshqaruv jarayonlarini to‘g‘ri tashkil eta olish qobiliyati va shu kabi ko‘plab jihatlar yig‘indisi uning boshqaruv madaniyatini tashkil qiladi. Ta’lim muassasasining rivoji ko‘p jihatdan rahbarning boshqaruv madaniyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham hozirda ushbu mavzu juda ham dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
boshqaruv madaniyati, oliy ta’lim muassasasi, rahbar, boshqaruv faoliyati
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.