Yosh olimlar 3-jild 32-son (2025) · 61–63-betlar
QUTB XORAZMIYNING “XUSRAV VA SHIRIN” DOSTONLARI GENEZISGA DOIR ILMIY TADQIQOTLAR BAYONI
Markabayeva, Dilara
DOI: 10.5281/zenodo.17184242 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezis Qutb Xorazmiyning “Xusrav va Shirin” dostoniga bag‘ishlangan. Ishda asarning badiiy tuzilishi, obrazlar tizimi va ularning badiiy-hissiy funksiyalari, she’riy san’atlar va ularning ifoda vositalari hamda matnning morfologik, leksik va sintaktik xususiyatlari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, mavzu yuzasidan xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, dissertatsiyalar, maqolalar va tarjima asarlar sintez yoʻli bilan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot nazariy va metodologik jihatdan adabiyotshunoslik yondoshuvlarini qo‘llagan holda asarning badiiy-til xususiyatlarini hamda ilmiy izlanishlardagi asosiy yo‘nalishlarni aniqlashni maqsad qilgan.
Qutb Xorazmiy; “Xusrav va Shirin”; badiiy tuzilish; obrazlar tahlili; she’riy san’atlar; morfologiya; leksika; sintaksis; xorijiy tadqiqotlar; mahalliy tadqiqotlar; dissertatsiya; maqola; tarjima; adabiyotshunoslik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.