Yosh olimlar 3-jild 32-son (2025) · 85–87-betlar
TALABALARNI AXBOROT TA’LIM MUHITIDA TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH MAZMUNI
Sharopov, Mirjon
DOI: 10.70413/yo-v03-i32-p1-022 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada talabalarni axborot ta’lim muhitida texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash mazmuni yoritilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida shakllanayotgan ta’lim muhiti talabalar bilimini chuqurlashtirish, texnik tafakkurni rivojlantirish va ijodiy yondashuvni shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Texnik ijodkorlik faoliyati mazmuni, avvalo, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, muammoli vaziyatlar orqali mustaqil yechim topishga o‘rgatish, innovatsion loyihalar va dasturiy mahsulotlarni yaratishga yo‘naltirishdan iboratdir. Shuningdek, talabalarda intellektual salohiyatni oshirish, kreativ fikrlashni rivojlantirish va axborot resurslaridan samarali foydalanish mazkur jarayonning tarkibiy qismlari sifatida ko‘rib chiqiladi.
axborot ta’lim muhiti, texnik ijodkorlik, ta’lim mazmuni, kreativ fikrlash, innovatsion loyiha, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, amaliy faoliyat, intellektual salohiyat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.