Yosh olimlar 3-jild 33-son (2025) · 12–14-betlar

BOLALAR PSIXOLOGIYASIDAGI ERTA RIVOJLANISH DAVRINING AHAMIYATI

Chorshanbiyeva, Gulnoza, Rahmatullayev, Farhod

DOI: 10.5281/zenodo.17212089 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada bolalar psixologiyasida erta rivojlanish davrining ahamiyati yoritib beriladi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolaning ilk yillari uning kelajakdagi intellektual salohiyati, emotsional barqarorligi va ijtimoiy ko‘nikmalari shakllanishida muhim bosqich hisoblanadi. Erta rivojlanish jarayonida nutq, tafakkur, xotira, diqqat va tasavvur kabi psixik jarayonlar faol shakllanadi. Shu davrda berilgan tarbiya va psixologik qo‘llab-quvvatlash bolaning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun mustahkam poydevor yaratadi. Maqolada erta rivojlanishning afzalliklari, tarbiya usullari, ota-onaning o‘rni hamda pedagogik-psixologik yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, bolalarning erta rivojlanishi nafaqat shaxsiy, balki jamiyat taraqqiyotida ham beqiyos o‘rin tutishi ta’kidlanadi.

bolalar psixologiyasi, erta rivojlanish, nutq rivoji, tafakkur, xotira, diqqat, ota-ona roli, tarbiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.