Yosh olimlar 3-jild 33-son (2025) · 49–51-betlar
KARYERA MUVAFFAQIYATIGA TA’SIR ETUVCHI SHAXSIY OMILLAR: MOTIVATSIYA VA QAT'IYAT
Ismanaliyeva, Mohichexra
DOI: 10.70413/yo-v03-i33-p1-016 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezisda karyera muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi shaxsiy omillar va motivatsiyaning qat’iyatligi to’g’risida. Zamonaviy mehnat bozori shiddat bilan rivojlanayotgan sharoitda shaxsning karyera muvaffaqiyatiga erishishi ko‘plab omillarga bog‘liqdir. Tashqi omillar – ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, ta’lim sifati, mehnat bozori talablari bilan bir qatorda, ichki omillar – ya’ni shaxsiy xususiyatlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ichki omillar ichida motivatsiya va qat’iyat karyera muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy determinantlar sifatida ajralib turadi. Motivatsiya va qat’iyat bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Yuqori motivatsiya shaxsni faoliyatga undasa, qat’iyat esa bu jarayonni barqaror va uzluksiz qiladi. Boshqacha aytganda, motivatsiya boshlang‘ich turtki bo‘lsa, qat’iyat uni uzoq muddat davomida qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu uyg‘unlik karyera muvaffaqiyatining muhim psixologik asosi hisoblanadi.
Muvaffaqiyat, karyera, motivatsiya, qa’tiyat, psixologik rivijlanishlar, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, shaxsiy va psixologik omillar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.