Eurasian Journal of Academic Research 2-jild 12-son (2022) · 1379–1385-betlar
ERKIN IQTISODIY ZONANING DAVLAT IQTISODIYOTI UCHUN AHAMIYATI
Zoilboyev, Javlon
DOI: 10.5281/zenodo.7402765 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada erkin iqtisodiy zonalarning davlat va jamiyat uchun ahamiyati tahlil qilingan. Bu ahamiyat faqat iqtisodiy ahamiyat bo‘lmasdan, hududning infrastrukturaviy salohiyatining oshirishga ham yo‘naltirilgan. Xususan hozirda O‘zbekiston Respublikasining hududida faoliyat yuritayotgan 30 ga yaqin erkin iqtisodiy zonalar Respublikasining iqtisodiy salohiyatining oshishiga qaratilganligi tadqiq etilgan. Jahon Bankining 2019–yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston “Doing business” ko‘rsatkichlari bo‘yicha 100 ballik reytingdan 69,9 ball jamg‘arib, dunyo miqyosida 69-o‘rinni egalladi va 2018-yildagi 76-o‘rindan 8 pog‘ona yuqoriladi. Mamlakatimiz Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa to‘rtta davlatlar qatori biznes iqlimi eng yaxshilangan 20 mamlakat tarkibiga kiritildi[1]. Undan tashqari, Jahon Banki tomonidan qayd etilishicha, O‘zbekistonda biznes yuritishning muayyan sohalarida erkinliklar taqdim etilayotganligi investorlarning e’tiborini tortmoqda. Xususan, o‘tgan yillarda aksiyadorlarning huquqlari va asosiy korporativ qarorlardagi rolini oshirish, mulkchilik va boshqaruv tuzilmalarini aniqlashtirish va korporativ shaffoflikni talab qilish orqali minoritar investorlarning himoyasini kuchaytirish sohasida jadal islahotlar amalga oshirilganligi ma’lumotlarda keltirib o‘tilgan.
Erkin iqtisodiy zonalar, soliqlar, investor, soliq imtiyozlari, iqtisodiy samaradorlik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.