Yosh olimlar 3-jild 33-son (2025) · 108–109-betlar
XOTIRA TURLARIDAN QANDAY QILIB SAMARALI FOYDALANISH KERAK
Sayfudinov, Abduqoxxor
DOI: 10.70413/yo-v03-i33-p1-035 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Inson faoliyatida xotira muhim psixologik jarayonlardan biri hisoblanadi. U bilimlarni eslab qolish, saqlash va kerakli vaqtda qayta tiklash imkonini beradi. Xotira turlari – qisqa muddatli, uzoq muddatli, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira – har birining o‘ziga xos vazifasi va imkoniyatlari mavjud. Ushbu ilmiy ishda xotiraning mazkur turlari o‘rganilib, ulardan samarali foydalanish usullari yoritilgan. Ayniqsa, o‘quv jarayonida xotiraning o‘rni, bilimlarni mustahkamlashda takrorlash, guruhlash, assotsiatsiya va vizualizatsiya metodlarining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot davomida nazariy adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish, so‘rovnoma va test metodlari qo‘llanilgan bo‘lib, natijada xotirani rivojlantirishga yordam beradigan omillar va usullar aniqlangan. Xotira turlaridan samarali foydalanish nafaqat ta’lim oluvchilarning muvaffaqiyatini ta’minlaydi, balki shaxsning kasbiy va kundalik hayotidagi faoliyat samaradorligini ham oshiradi. Shu sababli, xotira ustida muntazam ishlash va uni rivojlantirish usullaridan foydalanish dolzarb masala sifatida qaraladi.
Xotira, qisqa muddatli xotira, uzoq muddatli xotira, ixtiyoriy xotira, ixtiyorsiz xotira, eslab qolish, qayta tiklash, bilimlarni mustahkamlash, diqqat, tafakkur, vizualizatsiya, assotsiatsiya, takrorlash, samarali o‘rganish, psixologik usullar, ta’lim jarayoni, o‘quvchilarning xotira faoliyati, kognitiv jarayonlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.