Yosh olimlar 3-jild 33-son (2025) · 116–118-betlar
IQTISODIY SANKSIYALARNING UCHINCHI DAVLATLARGA TA’SIRI: XALQARO SAVDO TIZIMI VA OʻZBEKISTON MISOLIDA
Aytmuratov, Berdibek
DOI: 10.70413/yo-v03-i33-p1-038 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Iqtisodiy sanksiyalar zamonaviy xalqaro munosabatlarda eng koʻp qoʻllaniladigan geoiqtisodiy vosita hisoblanadi. Garchi ilmiy adabiyotlarda sanksiyalarning samaradorligi koʻpincha nishonga olingan davlat bilan chegaralanib baholansa-da, amaliyot shuni koʻrsatadiki, ular koʻplab uchinchi davlatlarga ham jiddiy oqibatlar tugʻdiradi. Ushbu murakkab ta’sir «oqib oʻtish» effekti (spillover effect) deb belgilanadi, bu bir iqtisodiyotdagi voqealarning boshqasiga, koʻpincha u bilan bevosita bogʻliq boʻlmaganiga ta’siri sifatida tushuniladi. Bu ta’sirlar xalqaro savdo tizimidagi uzilishlar, moliya oqimlarining cheklanishi va geoiqtisodiy beqarorlik orqali tarqalib, uchinchi davlatlarning milliy manfaatlariga bevosita ta’sir etadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.