Yosh olimlar 3-jild 34-son (2025) · 28–32-betlar
MA’MURIY SUDLARNING FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HIMOYA QILISHDAGI O‘RNI
Abdulxayev, Ozodbek
DOI: 10.70413/yo-v03-i34-p1-010 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ma’muriy sudlar fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilishda muhim huquqiy institut sifatida namoyon bo‘ladi. Ular davlat organlari, mansabdor shaxslarning noqonuniy qaror va harakatlari ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish orqali adolatni ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekistonda ma’muriy sud tizimi joriy etilgandan so‘ng fuqarolarning davlat organlari faoliyati ustidan nazorat imkoniyatlari kengaydi. Shu bilan birga, ma’muriy sudlar orqali fuqarolarning huquqiy madaniyati yuksalib, ularning o‘z huquqlarini himoya qilishga bo‘lgan ishonchi ortmoqda. Ma’muriy sudlar nafaqat huquqiy nizolarni hal etadi, balki jamiyatda qonun ustuvorligi va odil sudlov tamoyillarini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning samarali faoliyati huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida muhim omil hisoblanadi.
ma’muriy sud, fuqarolar huquqlari, erkinliklarni himoya qilish, davlat organlari, adolat, qonun ustuvorligi, odil sudlov, fuqarolik jamiyati.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.