Yosh olimlar 3-jild 34-son (2025) · 49–55-betlar
O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASH ORQALI ADABIY NUTQNI RIVOJLANTIRISH
Ravshanova, Dildora
DOI: 10.70413/yo-v03-i34-p1-016 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘qish savodxonligi darslarining adabiy nutqni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Muallif matn ustida ishlashning bosqichlari, metodik yondashuvlari va bolalarning og‘zaki hamda yozma nutqini rivojlantirishdagi ta’sirini ochib beradi. Dars jarayonida badiiy matnlar asosida so‘z boyligini kengaytirish, nutq madaniyatini oshirish, obrazli fikrlashni rivojlantirish kabi jihatlar yoritiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, matnga tanqidiy va tahliliy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishda matn ustida tizimli ishlashning ahamiyati asoslab beriladi. Ilmiy-nazariy qarashlar hamda amaliy tajribalar asosida taklif va tavsiyalar beriladi. Maqola boshlang‘ich ta’lim tizimida adabiy nutqni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik vositalarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
O‘qish savodxonligi, matn ustida ishlash, adabiy nutq, nutq madaniyati, so‘z boyligi, metodik yondashuv, tanqidiy fikrlash, badiiy matnlar, boshlang‘ich ta’lim, og‘zaki va yozma nutq.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.