Yosh olimlar 3-jild 35-son (2025) · 35–37-betlar
BOLALARDA RIVOJLANISHDAGI KECHIKISHLARNI ERTA ANIQLASHNING PSIXODIAGNOSTIK MEZONLARI VA SKRINING TESTLAR
Akbarova, Diloromxon, Xalimjonov, Abduqunduz
DOI: 10.5281/zenodo.17278508 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Bola hayotining dastlabki yillari inson psixikasining shakllanishida eng muhim davr hisoblanadi. Shu davrda bolaning nutq, harakat, hissiy va ijtimoiy rivojlanish jarayonlari faol kechadi. Agar bu bosqichlarda turli sabablar tufayli rivojlanish sekinlashsa, bola keyingi bosqichlarda o‘qish, muloqot, ijtimoiy moslashuvda muammolarga duch kelishi mumkin. Shu sababli rivojlanishdagi kechikishlarni erta aniqlash, ularni psixodiagnostik mezonlar asosida baholash va skrining testlar orqali tekshirish dolzarb masala sanaladi. Ushbu tadqiqotda bolalar rivojlanishidagi kechikishlarni aniqlash uchun O‘zbekistonda ishlab chiqilgan metodikalar o‘rganildi. Bolaning individual rivojlanish sur’ati, nutq, diqqat, xotira, hissiy-ijtimoiy faoliyat mezonlari asosida erta tashxisning ahamiyati tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, skrining testlar va psixodiagnostik kuzatuvlar yordamida kechikishlarni erta aniqlash bolaning keyingi rivojlanishiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bola rivojlanishi, kechikish, erta aniqlash, psixodiagnostika, skrining testi, psixologik mezon, o‘yin faoliyati, korreksiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.