Yosh olimlar 3-jild 35-son (2025) · 38–40-betlar

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING BOLALAR RUHIY SALOMATLIGIGA TA’SIRINI OLDINI OLISH VA OTA-ONALAR UCHUN PSIXOLOGIK TAVSIYALAR

Bozorboeva, Gulibonu, Xalimjonov, Abduqunduz

DOI: 10.70413/yo-v03-i35-p1-013 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur ilmiy ishda raqamli texnologiyalarning bolalar ruhiy salomatligiga ijobiy va salbiy ta’sirlari, ularning hissiy, bilish, kognitiv va ijtimoiy rivojlanish jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotning maqsadi — raqamli texnologiyalar ta’sirida bolalarda paydo bo‘layotgan ruhiy o‘zgarishlarni aniqlash, ularning oldini olish yo‘llarini belgilash hamda ota-onalar uchun psixologik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ishda O‘zbekiston psixologlari va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, raqamli madaniyat, ekran vaqti, ota-onalar nazorati, shuningdek bolalarning virtual va real hayot muvozanati muammolari yoritilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bolalarda raqamli vositalardan foydalanish me’yorini belgilash, ota-onalar ishtirokini kuchaytirish va raqamli gigiyena madaniyatini shakllantirish ularning ruhiy salomatligini asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Raqamli texnologiya, bolalar psixologiyasi, ruhiy salomatlik, ekran vaqti, internet, ota-onalar nazorati, kiberbulling, raqamli gigiyena, hissiy rivojlanish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.