Yosh olimlar 3-jild 35-son (2025) · 59–63-betlar
TEKISLIKDA DEKART KOORDINATALARINI KIRITISH
Jumaboyeva, Durdona, Sheraliyeva, Dildora
DOI: 10.5281/zenodo.17292358 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu ishda tekislikda Dekart koordinatalar tizimi tushunchasi, uning tuzilishi va amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. Dekart koordinatalar tizimi ikki o‘qli (x va y) tekislikda nuqtalarning aniq joylashuvini aniqlash imkonini beradi. Ishda koordinatalar tekisligining to‘rtta chorakka bo‘linishi, har bir chorakdagi nuqtalarning xususiyatlari va ularni qanday aniqlash usullari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, koordinatalar yordamida geometrik shakllarni ifodalash va real hayotdagi qo‘llanilishi ham ko‘rib chiqilgan. Mazkur mavzu maktab o‘quvchilari va boshlang‘ich bosqichdagi talabalarga fazodagi joylashuvni tushunish, grafiklar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi.
Ushbu mavzuga oid asosiy kalit so‘zlar quyidagilardan iborat: Dekart koordinatalar tizimi, koordinatalar tekisligi, abssissa va ordinata, nuqta koordinatalari, kvadrantlar (choraklar), geometrik shakllar, grafiklar, fazodagi joylashuv va matematik modellashtirish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.