Yosh olimlar 3-jild 35-son (2025) · 113–118-betlar
TADBIRKORLIK FAOLIYATINI GIBRID MOLIYALASHTIRISHNING HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MEXANIZMLARI
Rahmatov, Azizbek
DOI: 10.5281/zenodo.17302876 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi, avvalo, yetarlicha moliyalashtirish manbalarining mavjudligi bilan belgilanadi. Moliyalashtirish subyektlarning o‘z faoliyatini boshlash, kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini jalb qilish jarayonidir. An’anaviy moliyalashtirish usullari, xususan, bank kreditlari va aksiyalarni chiqarish (kapital moliyalashtirish) uzoq vaqt davomida iqtisodiy rivojlanishning asosiy ustunlari bo‘lib kelgan. Biroq, ularning har biri o‘ziga xos kamchiliklarga ega: bank kreditlari yuqori foiz stavkalari va qat’iy garov talablari bilan chegaralangan bo‘lsa, kapital moliyalashtirish (masalan, IPO) murakkab huquqiy tartiblar va yuqori xarajatlar talab etadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.