Yosh olimlar 3-jild 36-son (2025) · 42–47-betlar
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH FUNKSIYALARI
Jumanova, Gulmira
DOI: 10.70413/yo-v03-i36-p1-014 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Umumta’lim maktablarida inson resurslarini boshqarish jarayoni ta’lim muassasalarining samaradorligi va barqarorligini ta’minlovchi strategik omil sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda maktablarda inson resurslarini boshqarishning asosiy funksiyalari — kadrlarni yollash va ularni uzoq muddat saqlab qolish, mehnat munosabatlarini samarali yo‘lga qo‘yish, faoliyatni baholash va boshqarish, mehnat qonunchiligiga rioya qilish, ish haqi va ijtimoiy imtiyozlarni tartibga solish, uzluksiz kasbiy rivojlanishni ta’minlash, o‘zgarishlarni boshqarish hamda sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish masalalari yoritilgan. Ushbu funksiyalarning ilmiy-amaliy jihatdan samarali tashkil etilishi ta’lim sifati, pedagog va o‘quvchilarning farovonligi hamda maktabning uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
umumta’lim maktablari, inson resurslarini boshqarish, kadrlar siyosati, mehnat munosabatlari, kasbiy rivojlanish, strategik boshqaruv, ta’lim samaradorligi, pedagoglar, ijtimoiy imtiyozlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.