Yosh olimlar 3-jild 36-son (2025) · 70–72-betlar

POSTSTRUKTURALIZM NAZARIYASI ASOSIDA O‘ZBEK NASRINING TAHLILI

Komilova, Maftuna

DOI: 10.70413/yo-v03-i36-p1-022 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Poststrukturalizm XX asrning ikkinchi yarmida shakllangan eng muhim g‘oyaviy-nazariy yo‘nalishlardan biridir. Bu yo‘nalish, asosan, strukturalizm tamoyillariga tayanib, biroq ularni tubdan qayta ko‘rib chiqadi, hatto tanqid ostiga oladi. Poststrukturalistlar nazarida matn, til va ma’no qat’iy chegaralarga ega bo‘lmagan, o‘z-o‘zini qayta yozuvchi, ochiq tizimdir. Shu bois, poststrukturalizm nazariyasi adabiyotshunoslikda an’anaviy, qat’iy mazmun markaziga ega bo‘lgan yondashuvlardan farqli ravishda, matnni ko‘p talqinli, ochiq va dinamik jarayon sifatida ko‘radi. Rolan Bart, Jak Derrida, Mishel Fuko, J. Kristeva, M. Blansho singari mutafakkirlar ushbu yondashuvning asoschilaridir. Ularning qarashlari adabiy matnni o‘rganishda yangi paradigmani shakllantirdi: muallif endi yagona ma’no yaratuvchi emas, o‘quvchi esa passiv qabul qiluvchi emas, balki matn bilan birga ma’no yaratuvchi faol subyektdir.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.